Ochiq muloqotga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning 279-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, shu yilning mart-dekabr oylari davomida yoshlarning davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladigan ochiq muloqotlar tashkil etiladi.

Dastlabki muloqot 2017 yilning 31 mart kuni soat 15.00 da Toshkent shahridagi “Zarafshon” saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ochiq muloqot mavzusi:
Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish.

Uchrashuvda ishtirok etadigan vazirlik va idoralar:
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi;
– O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi;
– Tijorat banklari.
Sizda davlat hokimiyati organlari rahbarlariga sohaga doir savol, taklif yoxud yechimini kutayotgan muammolaringiz bormi? Unda marhamat!

Ochiq muloqotlar ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek, “Mening yurtim” telekanali tomonidan to‘liq videotasvirga olinib efirga uzatiladi.

Batafsil ma’lumotlar:(+998 98) 809-22-69, 809-22-58, 241-02-72 hamda www.kamolot.uz saytida.